Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yangi Zelandiya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

Qiziqarli kechgan o‘yinda 3:1 hisobi qayd etilib, o‘zbekistonlik futbolchilar g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bunaqa hisobni ko‘pchilik kutmagandi. Ayniqsa, O‘zbekistonning ishonchli g‘alabasiga ko‘pchilik ishonmagandi.

Odil Ahmedov ikkita gol urib dubl qayd etgan bo‘lsa, Server Jeparov bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. O‘yin oxirlarida Yangi Zelandiya bitta javob golni kiritdi.

Umuman, O‘zbekiston o‘yinida o‘zgarishlar kuzatildi. Bu yakunda ham aks etdi. O‘zbekiston o‘zining asl o‘yinlarini namoyish etishni boshladi. Barcha legioner futbolchilar bor salohiyatlarini namoyish etdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

O‘zbekiston — Yangi Zelandiya: 3:1

Gollar: Ahmedov (41), Ahmedov (57), Jeparov (78) — Broke (86)

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov — Vitaliy Denisov, Shuhrat Muhammadiyev, Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajanov, Temur Kapadze, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov, Server Jeparov, Farhod Tojiyev.

Yangi Zelandiya: Glen Moss, Storm Roks, Vinston Reyd, Tom Doyl, Endryu Dyurante, Bill Tuiloma, Maykl MkGlinchey, Jeyms Kris, Kosta Barbarous, Taylor Boyd, Kris Vud.