FIFA tashkiloti prezidenti Yozef Blatter uchrashuvlar vaqtida murabbiylar tomonidan videotakrorlarni ko‘rish jarayoni qanday kechishi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.

Yozef Blatter. Foto: sport-xl.org

Yozef Blatter. Foto: sport-xl.org

“Golni aniqlash tizimini amaliyotga joriy qildik. Keyinchalik esa o‘yin vaqtida videotakrorlarni murabbiylar tomonidan ko‘rishni joriy qilishimiz mumkin.

Bu holat bitta o‘yin davomida bir yoki ikki marta ro‘y berishi mumkin. Murabbiy maxsus monitor orqali biror bir vaziyatning takrorini hakam bilan birgalikda ko‘rishi mumkin bo‘ladi”, — dedi Blatter.