Poytaxtimizdagi badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan Respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari boshlandi. Bu haqda Olamsport.com sayti xabar berdi.

Foto: Olamsport.com

Foto: Olamsport.com

Mazkur Jahon chempionatida dunyoning 90 dan ziyod davlatidan 800 nafarga yaqin sportchi uchta yo‘nalish bo‘yicha jami 24 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga chiqyapti. Jahon chempionati bahslarini erkin kurashchilar boshlab berdi.

Quvonarlisi, 70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekzod Abdurahmonov O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki medalni taqdim etdi. U bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, birinchi o‘rinni rossiyalik Xetag Sabolov, ikkinchi o‘rinni tukiyalik Yakup Gor, uchinchi o‘rinni esa Bekzod Abdurahmonov bilan birgalikda Belarus jamoasi a’zosi Ali Shabanov egalladi.