8-avgust holatiga ko‘ra Android, iOS va Windows Phone operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun bepul va arzonlashtirilgan dasturlar e’lon qilindi. Bu haqda Mail.Ru sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Android

EZ Погода HD” – ob-havo ma’lumotini beruvchi vidjet. Dastur HOLO interfeysida ishlaydi. U 2,51 dollardan sotilgan va hozirda bepul yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Foto: Google Play’dan skrinshot

Foto: Google Play’dan skrinshot

Share Where – 2,02 dollardan sotilgan ushbu dasturni hozirda bepul yuklab olish mumkin. Bitta tugmani bosish bilan o‘z turgan joyi haqida ma’lumot yetkazish dasturi.

iOS

Scany – 3,48 dollardan sotilgan bu dastur hozirda 89 sentdan sotilmoqda. U orqali Wi-Fi va LAN-aloqalari haqida ma’lumot olish mumkin.

Slingshot Puzzle – 4,56 dollardan sotilgan ushbu o‘yinni hozirda bepul yuklab olish mumkin. U 126 ta bosqichdan iborat o‘yin hisoblanadi, unda sharni belgilangan teshikka tushirish zarur. Bu esa unchalik oson emas.

Foto: iTunes’dan skrinshot

Foto: iTunes’dan skrinshot

Windows Phone

Ape of Steel – 1,86 dollardan sotilgan ushbu otishma, jangari o‘yinni hozirda bepul yuklab olish mumkin.