“UZ” domen hududi ma’muriyati sayti — cctld.uz’da IDN-konverter (domen nomlaridagi milliy alifbolar belgilarini baynalmilallashtiruvchi qurilma) paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Uzinfocom korporativ blogi.

Skrinshot: Daryo

Skrinshot: Daryo

Ushbu qurilma orqali sayt domenini milliy alifbo belgilaridan iborat qilish mumkin. Buning uchun maxsus ajratilgan katakchaga istalgan domen nomini kirill alifbosida kiritish zarur. Shunda katakcha pastida XN prefiksi bilan boshlanuvchi kod paydo bo‘ladi.

Endi domenni ushbu kodni ko‘rsatgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish kerak, shundan so‘ng barcha brauzerlarda u kirill alifbosida aks etib turadi.