Farg‘ona viloyati Furqat tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Farg‘ona viloyati. Foto: virtualtourist.com

Farg‘ona viloyati. Foto: virtualtourist.com

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezident rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifat va samaradorligini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida chekka va olis hududlarda ham zamonaviy davolash muassasalari barpo etilayotgani ta’kidlandi.

So‘nggi rusumdagi tibbiy uskunalar bilan jihozlangan poliklinika hududdagi 110 ming aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

“‘Sog‘lom bola yili’ Davlat dasturi ijrosi doirasida barpo etilgan muassasada 15 nafar malakali shifokor va 30 dan ortiq hamshira mehnat qilmoqda, — dedi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Odiljon Saidahmedov. — Bu yerda ona va bola salomatligini mustahkamlash, aholini tibbiiy ko‘rikdan o‘tkazish, aniq tashxis qo‘yish va samarali davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bularning barchasi aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasidir”.