Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘p bilan shug‘ullanadigan mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda Marca nashriga asoslanib UFF.uz sayti xabar berdi.

Foto: UFF.uz

Foto: UFF.uz

To‘g‘ri, u hali umumiy guruhga qaytmagan, ammo yakka tartibda murabbiylar ko‘rsatmalarini bajarmoqda. Uning maqsadi “Atletiko”ga qarshi o‘yingacha sog‘ayib ketish.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi Ispaniya Superkubogi bahsida jarohat olgan va shu bois, “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.