“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Atletik Bilbao”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya chempionatining 3-turida maydonga tusha olishi mumkin. Bu haqda Stadion.uz sayti xabar berdi.

Foto: Stadion.uz

Foto: Stadion.uz

Yigirma yetti yoshli argentinalik futbolchi mushagidan olgan jarohatidan sog‘aydi va shifokor ushbu haftada unga o‘ynash uchun imkoniyat beradi.

Eslatib o‘tamiz, Messi “Vilyarreal” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonilgan 2-tur bahsida jarohat olgan edi.

“Barselona” – “Atletik Bilbao” o‘yini 13-sentabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.