Navoiy viloyati avtomobil yo‘llarida ruxsat etilgan tezlikda harakatlanish qoidalarining buzilishi faktlarini aniqlashda yangi elektron apparatlar — fotoradarlardan foydalanilmoqda, deb xabar berdi “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi.

Fotoradar. Foto: chwaszczyno.pl

Fotoradar. Foto: chwaszczyno.pl

“Arena” rusumli ushbu zamonaviy foto­ra­dar ham­da “Iskra video-2” rusumli vi­deoradarlar ush­bu turdagi oddiy qurilma­lar­ga nisbatan tezlik oshi­rilganligini ishonch­li dalillab berishi, qoi­da­buzarlik so­dir etilgan vaqtni ko‘rsatishi bilan aj­­­ra­lib turadi.

Oddiy radarlar aniq yoki noto‘g‘ri ishla­shi­dan qat’iy nazar, ba’zi hollarda hay­dovchilar va yo‘l no­zirlari o‘rtasidagi tor­tishuvlarga sabab bo‘lar­di. Fotoradar esa bunga chek qo‘yadi. Chunki bu appa­rat­lar har qan­day holatda ham tezlik belgilangan me’yor­dan oshirilganda fototasvirga tushirish im­koniyatiga ega, deyiladi gazetada.