“Paxtakor” jamoasi ishtirokidagi ikki bellashuv muddati o‘zgartirildi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: Pakhtakor.uz

Foto: Pakhtakor.uz

Unga ko‘ra, “Paxtakor”ning oliy liga 19-turida “Dinamo” bilan uyda, 20-turda “Lokomotiv” bilan safardagi uchrashuvlari jamoaning 7 nafar futbolchisi terma jamoa tarkibida Janubiy Koreyada o‘tadigan Osiyo O‘yinlarida ishtirok etishi sababli boshqa muddatga qoldirildi. PFL o‘yinlar sanalarini keyinroq ma’lum qiladi.