Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirovning ta’kidlashicha, agar u ayirmachilar rahbari bo‘lganida, allaqachon Kiyevni tortib olgan bo‘lardi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.

Ramzan Qodirov. Foto: Instagram / @kadyrov_95

Ramzan Qodirov. Foto: Instagram / @kadyrov_95

“Agar men shu... ayirmachilar rahbari bo‘lganimda, allaqachon Kiyevga hujum qilardim. Kiyevni allaqachon egallab olgan bo‘lardim”, — dedi Qodirov.

Shuningdek, Checheniston rahbari Ukraina xalqi ayirmachilardan urushni Ukrainaning boshqa qismlari, xususan, Kiyevda ham olib bormayotgani uchun minnatdor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq Ramzan Qodirov 74 ming chechenistonlik Ukrainada tartib o‘rnatish uchun buyruq kutayotganini ma’lum qilgan edi.