Rossiya liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Ukraina Bosh vaziriga “gumanitar yordam” jo‘natilganini ma’lum qildi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.

Vladimir Jirinovskiy. Foto: korrespondent.net

Vladimir Jirinovskiy. Foto: korrespondent.net

Jirinovskiy Rossiya tomonidan belgilangan, biroq Ukrainani qanoatlantirmagan gaz narxlari haqida fikr bildirar ekan, ularni “adolatli” ekanligini aytib, narx sotuvchi tomonidan belgilanishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, RLDP yetakchisi Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyukka “sovuq qishdan chiqib olishi uchun gumanitar yordam yuborilgan”ini qayd etdi. Xususan, “gumanitar yordam” sifatida pech, ko‘mir, qo‘ra, gugurt, qo‘lqop, rezina kalish va issiq nimcha-kurtka jo‘natilgan.

Jirinovskiy bug‘u terisidan tayyorlangan etikni “o‘ziga olib qolishga” qaror qilgan.

Shuningdek, RLDP yetakchisi “devor qurish uchun” andava ham yuborganini aytdi.