Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yangi bolalar bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar bermoqda.

Foto: Uzbekistan Today

Foto: Uzbekistan Today

Yangi madaniyat va istirohat bog‘i bundan bir necha oy avval cho‘l bo‘lgan hududda “Guli Lola” korxonasi tomonidan barpo etildi.

Ayni damda bog‘ hududidagi yo‘llar asfalt qilinib, turli o‘simliklar ekilgan; qulay va chiroyli o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

Foto: Uzbekistan Today

Foto: Uzbekistan Today

Tez orada yangi attraksionlar keltirilib, oilaviy xordiq chiqarishga ko‘mak beradigan bog‘ infratuzilmasi shakllantiriladi.