O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrda qabul qilingan “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylar qurish hamda mavjud foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni yosh oilalar uchun ko‘p kvartirali (keyingi o‘rinlarda ‘Kamolot’ uylari deb ataladi) uylar etib rekonstruksiya qilish” belgilab qo‘yildi. Bu haqda “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakatining rasmiy saytida xabar berildi.

Vazirlar Mahkamasi qaroridan. Foto: kamolot.uz

Vazirlar Mahkamasi qaroridan. Foto: kamolot.uz

Qarorda belgilanishicha, imtiyozli kreditlarga beriladigan uylar faqatgina “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi tavsiyasiga binoan amalga oshiriladi. Sotib olinadigan uylar uchun boshlang‘ich badal to‘lamaslik ham qarorda qayd etilgan.

“‘Kamolot’ uylaridagi sotib olinadigan kvatiralar qiymatini to‘lash uchun boshlang‘ich badal to‘lamasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan foizli stavka bilan 20 yil muddatga, shu jumladan, besh yillik imtiyozli davrga berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin”, deyiladi qarorda.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi Nizom”ga ham qo‘shimchalar kiritildi.