“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarmog‘ining TShTT filialida shaharlararo va xalqaro aloqaga chiqish uchun raqam terish tartibini o‘zgartirish ishlari olib boriladi, deya xabar bermoqda TShTT matbuot xizmati.

Foto: sanzen.nl

Foto: sanzen.nl

Toshkent shahrida rejalashtirilayotgan xalqaro numeratsiya standartlariga o‘tish doirasida amalga oshirilayotgan ushbu tadbirlar 24-sentabrdan 1-oktabrga qadar davom etadi.

Ishlar yakunlangach, shaharlararo aloqaga chiqish avvalgi “8” o‘rniga faqat “0” bilan, xalqaro aloqaga chiqish esa “8-10” o‘rniga “00” orqali amalga oshiriladi.