Shu yilning 8-sentabr kuni o‘zining 61 yoshi arafasida Alisher Usmonov Toshkent markazidagi “Osiyo Grand” to‘yxonasida osh berdi. Bu haqda Inform.kz xabar bermoqda.

Foto: Facebook/ Novosti Uzbekistana

Foto: Facebook / “Novosti Uzbekistana”

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar bayram kechasida Filipp Kirkorov, Mixail Shufutinskiy, Lev Leshchenko va boshqa mashhur qo‘shiqchilar qatnashgani, taniqli shoumen Ivan Urgant esa boshlovchilik qilganidan darak bermoqda.

Foto: Facebook/ Novosti Uzbekistana

Foto: Facebook / “Novosti Uzbekistana”

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ham shu kuni Alisher Usmonov mehmoni bo‘lib, milliarderga sovg‘a tariqasida to‘n kiydirdi.

Foto: inform.kz

Foto: inform.kz

Nashrning ta’kidlashicha, Usmonov Toshkentga “Bourkhan” degan yozuv tushirilgan shaxsiy samolyotida uchib kelgan. Milliarderning otasi ismi Burxon Usmonov ekanligini hisobga olib, samolyot uning nomi bilan atalganini taxmin qilish mumkin.

Foto: Facebook/ Novosti Uzbekistana

Foto: Facebook / “Novosti Uzbekistana”

Alisher Usmonov 1953-yil 9-sentabrda Namangan viloyatining Chust shahrida tug‘ilgan. Otasi — Burxon Usmonov Toshkent shahar prokurori bo‘lgan.

Foto: Facebook/ Novosti Uzbekistana

Foto: Facebook / “Novosti Uzbekistana”

Foto: Facebook/ Novosti Uzbekistana

Foto: Facebook / “Novosti Uzbekistana”

Foto: Facebook/ Novosti Uzbekistana

Foto: Facebook / “Novosti Uzbekistana”

2013-yilda Forbes jurnali biznesmenning davlatini 17,6 milliard dollarga baholagan.