NBC telekanalining Twitter-akkauntida AQSh Davlat departamenti rahbari Jon Kerri samolyotning yuk bo‘lmasida uchib kelayotgani muhrlangan fotosurat paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda ntv.ru.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

10-sentabr, chorshanba kuni u shu tariqa Iroq hukumati bilan muzokaralar olib borish uchun Iordaniyadan Iroqqa parvoz qilgan.

Rasmdan ko‘rinib turganidek, Kerri hech qanday noqulayliklarga uchramagan. “Davlat departamentidagilar harbiy transport samolyoti borti xavfsizroq, degan xulosaga kelishgan shekilli”, — deb yozadi nashr.

Ta’kidlash joiz, Kerri parvoz chog‘ida yuklar ustida o‘tirmagan. Unga bu vaqtda ishlash uchun stol va kreslo berilgan.

Ushbu fotosurat internetda shov-shuvga sabab bo‘ldi. O‘z davlat kotiblarini bunday muhitda ko‘rishga o‘rganmagan oddiy amerikaliklar unga yangi Kerri-Kargo laqabini o‘ylab topishdi.