Tailand davlatining Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining “C” guruhidagi uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. Unda Aleksandr Mochinov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Quvayt o‘smirlariga qarshi maydonga tushdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

Qiziqarli kechgan o‘yinda 4:2 hisobi qayd etilib, O‘zbekiston g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv boshidanoq qiyin o‘tishi taxmin qilingan edi. Quvayt uchun barchasi yakunlangani bois ular hech qanday bosimni his qilmagan holda to‘p surishlari kutilgan edi.

O‘zbekiston futbolchilari Saveliy Abramov va Jonibek Ko‘chimovlarning ikki golidan so‘ng, 2:0 hisobi bilan oldinga o‘tib oldi. Shundan so‘ng, quvaytliklar ikkita javob golini kiritishning uddasidan chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda esa Suhrob Nurulloyev uchinchi golni urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Zaxiradan maydonga tushgan Xoliqov ham o‘yin oxirlarida darvozabonni aldab o‘tib, juda chiroyli gol urdi — 4:2.

Shu tariqa O‘zbekiston guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, 3-tur

O‘zbekiston — Quvayt: 4:2

Gollar: Abramov (9), Ko‘chimov (42 penalti), Nurulloyev (68), (Xoliqov, 90+4) — Abdulaziz al-Hadiyon (44), Xolid Muhammad (45+1).

O‘zbekiston: Akrom Xo‘jayev — Ilhomjon Alijonov, Dostonbek Berdiqulov, Doniyor Hoshimov — Oybek Nurmatov, Suhrob Nurulloyev, Shohruh Mahmudxojiyev, Saveliy Avramov (I. Kenjaboyev, 45) — Jonibek Ko‘chimov, Azizjon G‘aniyev, Abdug‘ani G‘anijonov.

Quvayt: Abdalla Ablushi, Yusuf al-Tannoh, Abdulaziz al-Hadiyon, Yusuf al-Rashid, Hadir al-Harbi, Abdulaziz Ahmad, Issa Bahro, Abdulmohsin Alsulali, Muborak Alinozi, Holid Muhammad, Holid al-Fadhli.