Turkiyaning Antaliya shahrida “Fyuchers” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Foto: naesmi.uz

Foto: naesmi.uz

Mazkur xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Shonig‘mat Shofayziyev juftliklar musobaqasida rossiyalik sherigi Fyodor Chervyakov bilan birga dastlabki davrada Kris Barnes (AQSh) / Tom Xombi (Fransiya) duetini 7:5, 6:2 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.

Xalqaro turnir 14-sentabrga qadar davom etadi.