Poytaxtdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tkazilayotgan Tashkent Open — 2014 xalqaro turnirining yakkalik bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nigina Abduraimova yarim finalga chiqdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.

Nigina Abduraimova. Foto: stadion.uz

Nigina Abduraimova. Foto: stadion.uz

Bugun bo‘lib o‘tgan chorak finalda Nigina jamoadosh dugonasi Oqgul Omonmurodova bilan bahs yuritib, ikki set yakunlari bo‘yicha 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Endi Nigina Abduraimova yarim finalda Ursula Radvanskaya (Polsha) — Boyana Yovanovski (Serbiya) juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.