Kuni kecha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida FIFA referisi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni va “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.

Foto: the-uff.com

Foto: the-uff.com

FIFA referisi yig‘ilganlarning savollariga javob berdi. Marosim so‘ngida Ravshan Ermatovga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faxriy professori unvoni taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida, Ravshan Ermatov ikkinchi mutaxassislik sifatida mazkur universitetni tamomlagan.