Yaqin kunlarda “Real” o‘z yulduzi Krishtianu Ronalduning “Manchester”ga qaytishi borasidagi mish-mishlarni rad etuvchi xabar bilan chiqmoqchi, deb xabar bermoqda Uff.uz.

Ronaldu. Foto: footbolia.com

Ronaldu. Foto: footbolia.com

“Barcha gap pullarda. Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilardan, shu sabab u dunyodagi barcha o‘yinchilardan ko‘ra ko‘proq maosh olishni istaydi. Qaysi klub unga bu pullarni to‘lashining ahamiyati yo‘q.

Biroq ‘Real’ uni qo‘yib yubormoqchi emas, shu sabab madridliklar qancha kerak bo‘lsa, shuncha pul sarflashga tayyor. U jamoa uchun juda muhim”, — dedi vaziyat bilan yaqindan tanish bo‘lgan jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” hujumchisi yaqin kelajakda “Manchester Yunayted”ga qaytishini tasdiqlagan edi.