Parol” nashri 7-sentabr kuni Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida eng ko‘p sotilayotgan, arzon va yaxshi xususiyatlarga ega smartfon qaysi ekanligi yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Samsung Galaxy S3 mini smartfoni ushbu nomga loyiq deb topildi.

Foto: GSMarena

Foto: GSMarena

Samsung Galaxy S3 mini smartfoni 10-avgust holatiga ko‘ra Toshkent shahrida sotilayotgan eng arzon smartfonlardan qimmat, ammo ko‘pchilik tomonidan u – hamyonbop va yaxshi xususiyatlarga ega smartfon deb qabul qilinmoqda. “Fleshka” savdo majmuasida ushbu smartfon 540 000 so‘mdan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy S3 mini smartfoni 2012-yil oktabrda taqdim etilgan. Unda 4 dyuym 480×800 pikselli Super AMOLED displey, 1 Gb tezkor va MicroSD yordamida 32 gigabaytgacha kengaytirish mumkin bo‘lgan 8 yoki 16 gigabaytli ichki xotira, VGA old va 5 megapikselli orqa kamera, 1 GGs chastotaga ega ikki yadroli Cortex-A9 protsessori, 1500 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. U Android 4.1 Jelly Bean operatsion tizimida ishlaydi.

Shuningdek, “Parol” nashrining “Toshkentda eng ko‘p sotilayotgan, qimmat va yaxshi xususiyatlarga ega smartfonlar” nomli maqolasini o‘qishni tavsiya qilamiz.