Yevropa ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari haqidagi qaror rasman e’lon qilinmaydi va Ukraina sharqidagi yarash sulhi tugamagunicha kuchga kirmaydi. Bu haqda Yevrokomissiyaning yuqori mansabdagi amaldori “Yevropeyskaya pravda” nashriga anonimlik sharti bilan ma’lum qildi.

Foto: miamieuc.org

Foto: miamieuc.org

“Ushbu sanksiyalar taqdiri asosan prezident Poroshenkoga bog‘liq. Agar u Ukraina sharqida tinchlik bitimini tuzish va harbiy harakatlarni to‘xtatish mumkin deb topsa, Yevroittifoq ham sanksiyalar keskinligini kamaytirish yo‘lidan borib, ularni e’lon qilmaydi”, — deya aniqlik kiritdi amaldor.

Uning aytishicha, yangi sanksiyalar haqidagi qaror Ukraina tomonidan yarash sulhi tugatilgani e’lon qilinsa, chop etiladi. “Biroq bunday qaror Yevroittifoq a’zolarining maxsus roziligini talab etadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlar o‘tgan uch kun davomida har kuni o‘z pozitsiyalariga aniqlik kiritmasdan, sanksiyalar kiritish haqida qaror qabul qilishni ortga surib kelaverdi.

Ta’kidlash joiz, sanksiya joriy qilishni bloklab qo‘yish uchun bitta davlatning qarshiligi yetarli bo‘ladi.