Tailandning Bangkok shahrida o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati “D” guruhidagi uchrashuvlar nihoyasiga yetdi, deya xabar bermoqda Uff.uz.

Foto: wikipedia.org

Foto: wikipedia.org

Unda Suriya terma jamoasi guruh peshqadami Eron o‘smirlar terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Yana bir uchrashuvda Saudiya Arabistoni terma jamoasi Qatar bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Demak, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi chorak finalda Suriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. Ushbu bahs 14-sentabr kuni 18:00 da boshlanadi. Chorak finalda g‘alaba qozongan terma jamoa kelasi yili Chilida bo‘lib o‘tadigan 17 yoshlilar o‘rtasidagi Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Barcha chorak final juftliklari bilan tanishing:

Osiyo chempionati U-16. Chorak final.

Janubiy Koreya — Yaponiya

Avstraliya — Malayziya

O‘zbekiston — Suriya

Eron — KXDR.