Czech Airlines (“Chexiya havo yo‘llari”) 24-oktabrdan O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatadi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” aviakompaniya vakiliga tayanib.

Foto: csa.cz

Foto: csa.cz

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni Pragadan Toshkentga so‘nggi reys amalga oshiriladi. Czech Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistondagi vakolatxonasini ham yopadi.

Kompaniya vakiliga ko‘ra, O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatish ushbu yo‘nalishning norentabelligi (xarajatlarni qoplamasligi) bilan bog‘liq.

Czech Airlines 2009-yilda O‘zbekistonga uchishni boshlagan, 2012-yilda esa bu yerda aviakompaniyaning vakolatxonasi ochilgan edi. Ayni paytda aviakompaniya Praga—Toshkent yo‘nalishida A-319 aerobuslarida haftada ikki marta parvozlarni amalga oshiradi.