Amerikalik olimlar keksayish jarayoni 39 yoshda tananing bosh qismida boshlanishini aniqladi, deya xabar bermoqda “Peterburgskiy dnevnik” nashri. Ma’lum bo‘lishicha, shu yoshda organizm miyelin moddasini zarur miqdorda ishlab chiqarishdan to‘xtaydi.

Foto: Trend

Foto: Trend

Ushbu kimyoviy birikma asab hujayralarini yemirilishdan qutqaradi, u bo‘lmasa, hujayralar “o‘la” boshlaydi. Jarayon ortga qaytarib bo‘lmaydigan tusga kiradi va qarilik boshlanadi.

Kaliforniyadagi universitet mutaxassislari miyelinsiz yurak va qon tomirlari, mushaklar va skeletning ahvoli ham yomonlashishini aniqladi.

To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashq qilish, yaxshi kayfiyat ko‘rkam bo‘lib qolishga yordam bersa-da, miyelin tanqisligi natijasida hujayralarning qarish jarayonini to‘xtatib bo‘lmaydi.