Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismidagi Sea Breeze 2014 — Ukraina va AQSh harbiy kemalarining birgalikdagi harbiy o‘quv mashqlari yakunlandi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net Ukraina mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Xabar berilishicha, manyovrlarda ishtirok etgan Ukraina kemalari doimiy bazasiga qaytib kelgan.

Mashg‘ulotlar chog‘ida tomonlar havo hujumi va raketa hujumiga qarshi mudofaa, dengiz aviatsiyasi ko‘magida suvosti kemasiga qarshi kurashni mashq qildi.

Manyovrlar davomida shuningdek, avvaldan belgilab qo‘yilgan hududlarda fuqaro kemalari qatnovi ustidan nazorat, qoidabuzar kemalarni qidirish va aniqlash bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, parashyut-desant qutqaruv guruhini tushirish orqali qidiruv-qutqaruv operatsiyasi mashqi ham olib borildi.

Harbiy o‘quv mashqlari “Tinchlik uchun sheriklik” dasturiga muvofiq hamda Ukraina va AQSh mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik dasturi asosida bo‘lib o‘tdi.