1-oktabrdan Toshkent aholisi uchun suv ta’minoti xizmati yangi tariflar bo‘yicha hisoblanadi. Bu haqda “Suvsoz” davlat unitar korxonasi xabar berdi.

Foto: advantour.com

Foto: advantour.com

Ma’lum bo‘lishicha, bu elektr energiyasi va boshqa manbalar narxining oshishi bilan bog‘liqdir.

Markazlashgan issiq suv ta’minoti tizimiga ega xonadonlar uchun yangi tarif hisoblagich bilan 1 kubometr uchun 310 so‘m (hozir 294 so‘m), hisoblagichsiz kishi boshiga 3814,25 so‘m deb belgilandi.

Barcha qulayliklar bilan ta’minlangan xususiy uylarda esa kanalizatsiya xizmatini qo‘shganda har bir kubometr uchun 225 so‘mni (hozir 212), kanalizatsiyasiz 140 so‘mni (hozir 130 so‘m) hamda hisoblagich bo‘lmagan taqdirda kishi boshiga 3490,46 so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, issiq va sovuq suv uchun to‘lov hisoblagichi bo‘lmagan aholiga issiq va sovuq suv ta’minoti uchun belgilangan tariflarga 1,5 koeffitsiyentini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.