Toshkent shahrida qaytadan ochilgan Lada avtosalonida ayni damda Lada Kalina 2 (“Norma”), Lada Kalina 2 (“Lyuks”) va 5-o‘rinli Lada Largus avtomobillari sotuvga qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Avtotochki.uz.

Lada Granta. Foto: quto.ru

Lada Granta. Foto: quto.ru

Joriy oyda avtosalonga Lada Niva 4×4 va Lada Largus (furgon) markali avtomobillar ham keltiriladi. Oktabr oyida Lada Granta sotuvga qo‘yiladi, noyabrda esa Lada Priora va 7 o‘rinli Lada Largus avtomobillarini xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Avtosalon xodimlarining ma’lum qilishicha, hozirda “mashina sotib olish uchun navbatlar kuzatilmayapti”.

Quyida avtosalonda sotilayotgan avtomobillar narxi berilgan:

Foto: avtotochki.uz

Foto: avtotochki.uz

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Qorasuv-6 dahasidagi Lada rasmiy saloni o‘z faoliyatini avgust oxirida qayta yo‘lga qo‘ydi. Avtomobillar 12,5 ming dollardan 16 ming dollargacha narxlangan.