2014-yilning 1-noyabridan Toshkent—Xabarovsk—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY 707/708 reysi oyda ikki marta amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: airplane-pictures.net

Foto: airplane-pictures.net

Ushbu yo‘nalishdagi “Boing-757” samolyoti shanba kunlari parvoz qilib, yakshanba kunlari qaytib keladi. Avialayner Toshkentdan 7:25 da uchib ketib, Xabarovskka 14:10 da yetib boradi. U yerdan 15:40 da parvoz qilib, Toshkentga 23:15 da qo‘nadi.