Kuni kecha Toshkentdan zamonaviy “Boing” rusumli avialaynerlarda uchgan O‘zbekiston ziyoratchilarining dastlabki guruhlari Madinaga yetib kelib, “Masjidi Nabaviy”ning yonginasidagi mehmonxonaga joylashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Ziyoratchilarni ishchi guruh vakillari kutib olib, ular uchun tayyorlangan xonalarga joylashtirdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Mehmonxonalarda barcha sharoitlar muhayyo qilingan: hojilarning sog‘liqlari muntazam ravishda tibbiyot xodimlarining nazoratida bo‘lib, mehmonxonaning o‘zida Tibbiyot markazi, uning qoshida kunduzgi statsionar xonalari tashkil etilgan.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Hatto jiddiy tekshiruv va muolajalar uchun Madinadagi shifoxonalar bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan va bularning barchasi ziyoratchilar uchun bepul hisoblanadi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

O‘zbekistondan kelgan oshpazlar esa milliy taomlarni hozirlamoqda. Imom Buxoriy, Imom Termiziydek buyuk allomalar yetishib chiqqan yurtning farzandi ekanini bildiruvchi ma’lumot bitilgan maxsus ko‘krak nishoni hamda barcha uchun bir xilda tikilgan kiyimlar ziyoratchilarning minglab hojilar orasida o‘zbekistonlik ekanini alohida ajratib turadi.