23-sentabr kuni soat 03:13 da O‘zbekistonda 4,5 magnitudali zilzila qayd etildi, deya xabar bermoqda 12news.uz.

Foto: rbc.ru

Foto: rbc.ru

Amerika geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Uchquduqdan 103 kilometr masofada, Beruniy shahridan 222 km, To‘rtko‘l shahridan 224 km, Gurlan shahridan 227 km va Toshkentdan 613 km uzoqlikda joylashgan.

Foto: emsc-csem.org

Foto: emsc-csem.org

Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi fotomateriali guvohlik berishicha, yer osti silkinishlari epitsentri Qozog‘iston bilan chegara yaqinida bo‘lgan.

Biroq “Toshkent” seysmomarkazining 12news.uz’ga ma’lum qilishicha, bu vaqtda O‘zbekiston hududida zilzila kuzatilmagan.