O‘zbekistonda 2014 yil 1-sentabrdan boshlab ilmiy xodimlarning oylik maoshlari oshirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Foto: smu.edu

Foto: smu.edu

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi Qarori bilan byudjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga o‘zgartirish kiritildi.

Institut direktori lavozimi (professor ilmiy darajasi bilan) uchun oylik maoshi 1 485 580 so‘mdan 1 663 850 so‘mga oshirilgan bo‘lsa, kichik ilmiy xodim (fan nomzodi ilmiy darajasi bilan) lavozimi uchun 1 047 208 so‘mdan 1 172 873 so‘mga, amaliyotchi-tadqiqotchining oylik maoshi esa 826 623 so‘mdan 925 818 so‘mga oshirildi.

Byudjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalariga 2014-yil 1-sentabrdan ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari o‘zgarganligini hisobga olib  ish haqlarini qayta hisoblab to‘lash topshirildi.