Bugungi kunda iOS operatsion tizimida ishlaydigan mobil qurilmalarning 46 foizi iOS'ning 17-sentabrda foydalanishga topshirilgan 8-versiyasida ishlamoqda. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: The Verge

Foto: The Verge

21-sentabr kuni MixPanel ma’lumotiga asoslanib berilgan xabarga ko‘ra, Apple mobil qurilmalarining deyarli 30 foizi yangi iOS 8 versiyasida ishlayotgan edi. Umuman olganda Apple’ning mobil qurilmalardan foydalanuvchilari juda katta tezlik bilan operatsion tizimning yangi versiyasidan foydalanishga o‘tmoqda.

Taqqoslash uchun, Android operatsion tizimining so‘nggi versiyasi – KitKat foydalanishga topshirilganiga 10 oy bo‘ldi. Ammo hozirda undan taxminan 25 foiz Android qurilmalari foydalanmoqda.