O‘zbekistondagi eng ommabop internet nashr bo‘lmish “Daryo” sahifalarida fikr bildirish imkoniyati texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatildi. Bu haqda nashrga egalik qiluvchi Simple Networking Solutions kompaniyasi rahbari Farhod Fayzullayev xabar berdi.

Foto: guildford-dragon.com

Foto: guildford-dragon.com

“‘Daryo’ mushtariylari soni so‘nggi yarim yil ichida to‘rt barobar o‘sdi, bildirilayotgan fikrlar soni ham bir necha bor ko‘paydi. Mushtariylarimizga yangiliklarni yetkazib berishni tezlashtirish, ular uchun qulayliklar yaratish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Shu sababli fikr bildirish imkoniyati vaqtinchalik to‘xtatildi”, — dedi Fayzullayev.

Fikr bildirish imkoniyati qayta ishlanib, ishga tushirilishi bilan mushtariylarga darhol xabar beramiz.

“Daryo” bilan birga bo‘ling. Yangiliklar daryosidan chetda qolib ketmang! :)