22-sentabr kuni O‘zbekistonda InfoCom-2014 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida milliy UZ domeni internet festivalining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i ham o‘zining eng faol a’zolariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zolari / Foto: “Daryo”

“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zolari / Foto: “Daryo”

Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ining eng faol a’zolarini tanlashda ularning uzoq paytdan beri ushbu tarmoqdan foydalanishi, yozayotgan blog postlari, yuklayotgan suratlari tarmoqning boshqa a’zolariga yoqishi, ularning boshqa a’zolar bilan do‘stona munosabati, tarmoq tez-tez tashkillashtirib turadigan tadbirlarda ishtiroki va boshqa jihatlari inobatga olindi.

“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zosi Alimov Abdurahmon / Foto: “Daryo”

“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zosi Alimov Abdurahmon / Foto: “Daryo”

“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zosi G‘aniyev Ilhom / Foto: “Daryo”

“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zosi G‘aniyev Ilhom / Foto: “Daryo”

“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zosi Sharofutdinova Sabina / Foto: “Daryo”

“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zosi Sharofutdinova Sabina / Foto: “Daryo”

Yakunda esa “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ining faol a’zolari orasidan Abdurahmon Alimov, Ilhom G‘aniyev, Sabina Sharofutdinovalar taqdirlandi. Ularga ijtimoiy tarmoqning esdalik sovg‘alari va internet festivalining diplomlari topshirildi.

2011-yilning avgust oyida ishga tushirilgan ushbu ijtimoiy tarmoqdan hozirda deyarli 130 ming nafar kishi foydalanadi va ular orasida faol a’zolar juda ko‘pchilikni tashkil etadi.

Ushbu tadbirga tashrif buyurganlar va “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ining barcha faol a’zolariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Muloqotda bo‘ling, muloqotga kirishing ;)