2014-yilning 25—27-sentabr kunlari tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasi 69-sessiyasidagi umumiy munozaralarda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: commons.wikimedia.org

Foto: commons.wikimedia.org

Delegatsiyaning Nyu-Yorkka tashrifi doirasida boshqa davlatlar vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16-sentabrda BMT Bosh assambleyasining 69-sessiyasi rasman ochildi. An’anaviy umumiy muzokaralar 24-sentabr kuni boshlanib, 1-oktabrga qadar davom etadi.