Toshkentda yaqin vaqt ichida Shayxontohur va Yunusobod tumanlarini bog‘lovchi yangi ko‘prik qurilishi boshlandi. Bu haqda Podrobno.uz internet-nashriga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.

Foto: “Kun”

Foto: “Kun”

Yangi avtomobil ko‘prigi Sirk va Xadra maydonidan boshlanib, Yunusobod tumanida tugaydi. Qurilish ishlari 23-sentabr kuni Ganga maydonida boshlandi.

Xabar berishlaricha, yangi ko‘prik qurilishi uchun Gangadagi aylana yo‘l buzila boshlangan va o‘nlab daraxtlar kesib tashlangan.

Haydovchilarning fikricha, ushbu yangi ko‘prik juda ham zarur, chunki yo‘lning bu qismida mashinalar oqimi katta bo‘lib, yo‘l bor-yo‘g‘i uch harakatlanish bo‘lagidan iborat.

Qurilish borasida rasmiy ma’lumot berilmagan.