Joriy yilning 15-noyabriga qadar O‘zbekistonda dasturiy ta‘minot va axborot mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi qo‘shma korxona ro‘yxatdan o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Podrobno.uz.

Foto: lgmania.cz

Foto: lgmania.cz

Qo‘shma korxonaning ta‘sischilari LG korporatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bo‘ladi. Qo‘mita mutaxassisi Farhod Ibragimovning Podrobno.uz’ga ma’lum qilishicha, qo‘shma korxona elektron hukumat tizimi va iqtisodiyotning real sektorining davlat ulushiga ega korxonalari uchun dasturlar va axborot mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

Umuman, O‘zbekistonda qo‘shma korxona tuzilishi uchun LG kompaniyasi 1 million dollar miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirgan.