Rossiya Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlari polkovnigi o‘quv mashg‘ulotlari davomida askarni granata portlashidan to‘sib qoldi. Sverdlovsk viloyatining Lesnoy shahridagi 3275-harbiy qismda sodir bo‘lgan hodisa haqida vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Harbiy qismda o‘tkazilgan jangovar granata otish mashg‘ulotlariga polkovnik Serik Sultangabiyev rahbarlik qilgan. Dars davomida harbiy xizmatchilardan biri jangovar holatga keltirib bo‘lingan granatani oyog‘i ostiga tushirib yuborgan. “Bunday keskin vaziyatda ofitser o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. U askarni chetga surib yubordi va granatani o‘z tanasi bilan yopdi. Portlash natijasida askarga hech nima bo‘lmagan, uni qutqargan ofitser esa og‘ir jarohat olgan”, − deyiladi xabarda.

Ayni paytda Sultangabiyev Lesnoy shahridagi hududiy tibbiyot-sanitariya qismida jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazmoqda. Ural mintaqaviy qo‘mondonligi rahbariyati topshirig‘i bilan Lesnoyga Yekaterinburgdan mina portlashidan orttirilgan jarohatlarni operatsiya qilishda tajribasi bo‘lgan jarrohlar jo‘natilgan.