23-sentabr kuni App Store’da Selfie nomli dastur paydo bo‘ldi. U mobil ijtimoiy tarmoq bo‘lib, unda videoselfi yordamida suhbatlashish mumkin. Bu haqda LookAtMe ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: LookAtMe

Foto: LookAtMe

Dastur lentasiga 24 soniyagacha bo‘lgan video tasvirlarni yuklash mumkin. Videoda esa odatiy statuslarda yoziladigan gaplar, muammolar, fikrlar va boshqa narsalarni selfi tarzida tasvirga olish mumkin. Boshqalar esa unga o‘zlarining videoselfilari bilan javob qaytarishadi.

Foto: LookAtMe

Foto: LookAtMe

Selfie – bu insonlar bir-biriga hurmat bilan muomala qiladigan joy. Undan foydalanuvchilarda ijtimoiy javobgarlik paydo bo‘ladi. Chunki ushbu dasturda odamlar bir-biri bilan yuzma-yuz bo‘lishadi va odob saqlashadi. Bizningcha esa, hozirda aynan shu narsa yetishmaydi, deydi loyiha rahbarlaridan biri Xyu Dornbush.