HTC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan yangi Nexus 9 plansheti 15 yoki 16-oktabr kuni taqdim etilishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: Droid-life.com

Foto: Droid-life.com

Shuningdek, ushbu kunda Motorola kompaniyasi ishlab chiqaradigan Nexus 6 smartfoni ham taqdim etilishi kutilmoqda. Yangi Nexus gadjetlari esa Android L versiyasi barcha uchun foydalanishga topshirilguniga qadar sotuvga chiqamaydi. Biroq, yangi Android versiyasi 1-noyabrgacha foydalanishga topshirilmaydi. Balki, Android L versiyasi yangi Nexus gadjetlari bilan bir kunda foydalanishga topshirilishi mumkin.