Pxenyan televideniyesi mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning oqsoqlanib yurgani tasvirlangan syujetni namoyish etdi, deya xabar bermoqda “ITAR-TASS” Yaponiyaning Radio Press agentligiga tayanib.

Foto: “ITAR-TASS”

Foto: “ITAR-TASS”

25-sentabr kuni uzatilgan syujetda yangragan suxandon so‘zlariga ko‘ra, “betobligiga qaramay, marshal xalqqa rahbarlik qilish yo‘lidan borishda davom etmoqda”. Ushbu lavha iyul oyida suratga olingani qo‘shimcha qilingan.

Nashrning ta’kidlashicha, KXDR yetakchisining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni namoyish etish Pxenyan ommaviy axborot vositalari uchun o‘ta g‘ayriodatiydir.

Yaponiya agentligi, shuningdek, Kim Chen Inning 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan KXDR Oliy xalq majlisi sessiyasida ishtirok etmaganiga urg‘u berib o‘tdi.