2014-yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi va Yevropa ishlari vaziri Miroslav Laychak bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: massrealestatelawblog.com

Foto: massrealestatelawblog.com

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Slovakiyaning ikki tomonlama shakldagi hamda O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi muloqoti va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlar aloqalarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, sayyohlik sohalarida yanada rivojlantirish, ayniqsa, savdo aloqalarini kengaytirish va qo‘shma investitsion loyihalarni tatbiq qilish istiqbollaridan tomonlar o‘zaro manfaatdorligini ta’kidladi.

Uchrashuvda tomonlar qator xalqaro ahamiyatga molik muammolarni ham ko‘rib chiqdi.