2014-yilning 25-sentabr kuni BMT Bosh assambleyasining 69-sessiyasida qatnashish maqsadida AQSHda bo’lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Xose Manuel Garsiya-Margalo bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston — Ispaniya hamkorligining muhim masalalari, 2013-yil noyabr va 2014-yil apeldagi tashqi siyosat idoralari rahbarlarining Ispaniya va O‘zbekistonga tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Tomonlar BMT Bosh Assambleyasi kun tartibidan o‘rin olgan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashdi.