Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yaqin uch hafta ichida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“O‘ylashimcha, uch hafta ichida Vladimir Putin bilan uchrashuvimiz bo‘lib o‘tadi. U ko‘p tomonlama formatda bo‘ladi, biroq ikki tomonlama konsultatsiyalar o‘tkazish ham istisno qilinmaydi”, — dedi Poroshenko 25-sentabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Uning ta’kidlashicha, uchrashuv va uning formati tinchlik rejasining amalga oshirilishi va Ukraina sharqidagi vaziyatning borishiga bog‘liq bo‘ladi.