Umumiy yurisdiksiya bo‘yicha Yevropa sudi sobiq Liviya yetakchisi Muammar Qaddafiyning qarindoshi Ahmad Qaddaf Ad-Damni sanksiyalarga uchragan shaxslar ro‘yxatidan olib tashladi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.

Ahmad Qaddaf Ad-Dam. Foto: za-kaddafi.org

Ahmad Qaddaf Ad-Dam. Foto: za-kaddafi.org

Liviya rahbariyati va u bilan bog‘liq kishilarga qarshi cheklov choralari 2011-yil fevralida joriy etilgan edi. Ahmad Qaddaf Ad-Dam “Qaddafiy xavsizligini ta’minlovchi elita batalyonining qo‘mondoni ekanligiga qaramay, terroristik faoliyat olib borgan va xorijdagi dindan qaytgan liviyaliklarga qarshi operatsiyalarni rejalashtirishda ishtirok etgan”likda ayblangan.

Natijada uning hisoblari muzlatilib, Yevropa Ittifoqiga borishi yoki ittifoq orqali boshqa hududga o‘tishi taqiqlangan; 2014-yil iyun oyida sanksiya muddati uzaytirilgan edi.

Biroq umumiy yurisdiksiya bo‘yicha Yevropa sudi 2011-yilda Ahmad Qaddaf Ad-Damga qarshi surilgan ayblovlarni ayni damda asossiz deb topdi.