Kolumbiyadagi qishloqda yashin urishi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: truedemocracyparty.net

Foto: truedemocracyparty.net

Fojia 6-oktabr, dushanbaga o‘tar kechasi Magdalena departamentidagi olis Syerra-Nevada-de-Santa-Marta tumanida sodir bo‘ldi. Yashin 60 dan ortiq hindular an’anaviy diniy taomillarni bajarayotgan binoga kelib urgan.

Ayni paytda jabrlanganlarning barchasini vertolyotlarda kasalxonaga olib borishmoqda. Olti nafar hindularning ahvoli og‘ir deb baholandi. Jarohatlanganlarning aniq soni e’lon qilinganicha yo‘q.