Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Yig‘inlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va piketlar to‘g‘risida”gi federal qonunga o‘zgartirish kiritishni tasdiqladi. Tegishli hujjat qonunchilik axboroti rasmiy internet-portalida e’lon qilindi.

Foto: “ITAR-TASS”

Foto: “ITAR-TASS”

O‘zgartirishlar qonunning jamoatchilik tadbirlarini o‘tkazish vaqti haqidagi 9-moddasiga tegishli bo‘ldi. Endi Rossiyada mitinglar va namoyishlarni 7 dan erta bo‘lmagan vaqtda boshlash va o‘sha kuni 22 dan kech bo‘lmagan vaqtda tugatish kerak bo‘ladi.

Bunda madaniy mazmundagi jamoatchilik tadbirlari, shuningdek Rossiyadagi xotira kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar istisno qilinadi.